Prezident xorijdagi o‘zbek yoshlarini qaytarish uchun yangi tizim yaratilishini qayd etdi. «Yuksak bilim va malakaga ega yoshlarimizni Vatanimizga kelib ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz», — dedi u. Ular rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida ko‘riladi, uy-joy va munosib maosh bilan ta’minlanadi.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov O‘zbekistonda «Mehr-3» aksiyasiga salbiy munosabatlar hayratlanadigan darajada ko‘pligiga e’tibor qaratib, jamiyatda boshqalarga achinishni bilmaydigan, vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishni inkor etadigan qatlam keng bo‘lsa, buning ijtimoiy va siyosiy oqibatlari yaxshi bo‘lmasligini ta’kidladi.
«Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov Isroil tajribasiga suyangan holda xorijdan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelishni to‘xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirishni taklif qildi. Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev xorijda qolgan barchani qaytarishga va’da bergan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting